11:12 23 Avgust 2017
Efir
Xakerы iz Fancy Bears

Xakerlar Walt Disneyning yangi filmini oʻgʻirlab, tovon puli talab qilmoqda

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Hodisalar
Havola olish
106 0 0

Nomaʼlum xakerlar Walt Disneyning yaqinda ekranlarga chiqishi kerak boʻlgan filmini oʻgʻirlab, tovon puli toʻlanmasa, internet orqali bepul tarqatish bilan qoʻrqitmoqda.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Hollywood Reporter nashri xabar berishiga koʻra, nomaʼlum xakerlar guruhi Walt Disney kompaniyasining yaqinda ekranlarga  chiqishi kerak boʻlgan filmini oʻgʻirlab, uni internetda bepul tarqatish bilan poʻpisa qilishmoqda.

Walt Disney prezidenti Robert Ayger aytishiga qaraganda, xakerlar kompaniyadan tovon puli sifatida koʻp miqdorda bitkoin* soʻramoqda. Aksincha, ular yangi filmning avval 5 minutlik, keyin 20 minutlik boʻlaklarini birma-bir ineternetga chiqarish bilan poʻpisa qilishmoqda.

"Deadline" portali xabariga koʻra, gap "Qarib dengizi qaroqchilari" filmining yangi seriyasi haqida ketmoqda. Filmning jahon premyerasi 26 may kuni boʻlib oʻtishi kerak edi. 

Maʼlum boʻlishicha, kompaniya tovon puli toʻlashdan voz kechib, ushbu ish yuzasidan federal tergovchilarni jalb qilgan.

*Bitkoin — valyutaning yangicha koʻrinishi boʻlib, hech bir mamlakat, shaxs yoki tuzilma uni nazorat qilmaydi. Bitkoin faqat internetda mavjud boʻlib, uning egasi haqidagi maʼlumotni hech kim bilmaydi. Bugungi bitkoin kursi 1BTC = 94254rubl.

Asosiy mavzular