19:34 20 Iyul 2017
Efir
Qirgʻizistonda chigirtkalar mavsumi

Qirgʻiziston yer maydonlariga chigirtkalar hujum qilmoqda

Foto / press-slujba polpreda PKR v Chuyskoy oblasti
Hodisalar
Havola olish
265 0 0

Joriy yil 19 may kuniga qadar zararkunandalar toʻplangan joylar toʻliq kiyomiy vositalar yordamida ishlanma beriladi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Qirgʻiziston respublikasi Chuy viloyatidagi dalalarni chigirtka bosib ketdi, deb xabar qildi tuman hukumat vakolatxonasi matbuot-xizmati.

Bu haqda signallar Frunze, Voznesensk, Panfilov viloyatlari maxalliy xizmatlaridan kelib tushgan.

Ayni vaqtda jami 1200 gektar yer maydonlariga kimyoviy vositalar yordamida ishlanma berilmoqda.  

"Zararkunandalarni dastlabki 20 kun ichida, yaʼni ular koʻpayishi davri uchinchi bosqichga oʻtmay turib toʻliq yoʻq qilib tashlash kerak, keyin esa kech boʻladi", — deb taʼkidladi hukumat vakolatxonasi xodimi.

Chuy viloyati hukumat muxtor vakili Baktibek Kudaybergenov joylardagi tegishli xizmat xodimlari bilan favqulodda kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazgan va joriy yil 19 may kuniga qadar zararkunandalar toʻplangan joylarni toʻliq kimyoviy vositalar bilan ishlanma berish haqida topshiriqlar bergan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

Asosiy mavzular