06:02 18 Dekabr 2017
Efir
Mujchina s pistoletom v rukax

Kelinini oʻldirish uchun killer yollamoqchi boʻlgan qaynota hibsga olindi

© Flickr/ Stephen Velasco
Hodisalar
Havola olish
114421

Oʻzbekiston maxsus xizmat vakillari oʻz kelinini oʻldirish uchun killer yollashga uringan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi shaxsni qoʻlga oldilar

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. MXX vakilining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga aytishicha, 65 yoshli Umarqul Qodirov kelini Abdullayevaning (tergov manfaatlari yuzasidan ism-shariflar oʻzgartirilgan) oʻlimi uchun 2 ming dollar toʻlashini bildirib qotil izlagan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar eʼtiboriga tushadi.

"U oʻgʻlining Abdullayeva bilan ajrashish jarayonida kelinining umumiy mulkka daʼvo qilishidan norozi boʻlgan. Maxsus operatsiya chogʻida Qodirov goʻyoki kelinining oʻlimini tasdiqlovchi fotosuratni koʻrganidan soʻng 2 ming dollarni yollanma qotil sifatida ish olib borgan operativ xodimga berayotganida qoʻlga olindi", — deb maʼlum qildi MXX xodimi.

Hozirda Umarqul Qodirovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- ("Jinoyatga tayyorgarlik koʻrish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish") va 97- ("Qasddan odam oʻldirish") moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular