Toshkentliklar hayratda: 30 daraja issiqdan keyin shaharda do‘l yog‘di

© Facebook/Voditeli TashkentaToshkentda do‘l yog‘di
Toshkentda do‘l yog‘di - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Do‘l yog‘ib bergani bilan, bo‘ldi jazirama tugadi, deya xursand bo‘lmang. Toshkentliklarni oldinda issiq ob-havo sharoitlari kutmoqda

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Bu yil O‘zbekiston poytaxtida ilgarilari hech kuzatilmagan ob-havo o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Ammo kuni kecha ro‘y bergan voqea aksariyat toshkentliklarni qattiq hayratga soldi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kecha kechqurun poytaxtda do‘l yog‘ib o‘tgan. Eng qizig‘i, ob-havo sharoitining ketma-ket o‘zgarishi ro‘y berganida. Masalan, ertalabdan sharros yomg‘ir quygan bo‘lsa, kunduzi 30 daraja qizdirgan, kechqurun esa yana yomg‘ir quygan va do‘l yog‘ib bergan. Ayrim do‘l donalari bir santimetrdan katta bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.

© TelegramGrad v Tashkente
Grad v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Grad v Tashkente

Muxbirning yozishicha, do‘l unchalik ko‘p vaqt yog‘magan. Ammo shunday bo‘lsada, ayrim ko‘chalarda kattagina ko‘lmaklar hosil bo‘lgan va bu holat haydovchilar uchun noqulayliklar tug‘dirgan.

© TelegramGrad v Tashkente
Grad v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Grad v Tashkente

Do‘l yog‘ib o‘tishi hodisasiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida fikr bildirganlar ham topildi. Aksariyat odamlar bu yer Toshkentmi yoki Novosibirsk, deb yozishgan bo‘lsa, qolganlari nahotki jazirama bekor qilindi, deya savol berishgan.

© Facebook/Voditeli TashkentaDojd s gradom v Tashkente
Dojd s gradom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Dojd s gradom v Tashkente

Aytgancha, "O‘zgidromet" ma’lumotlariga ko‘ra, yoz bekor qilingani yo‘q. Yomg‘irli kunlar o‘rnini jazirama egallashi kutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0