14:47 24 May 2017
Efir
FVV yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari oʻquv mashqlari

Toshkentdagi yoʻl tunnelida "Lacetti" mashinasi yonib ketdi

© Press-slujba MCHS RF
Hodisalar
Havola olish
294 0 0

18 may kuni kechqurun Toshkent shahridagi yoʻl tunnelida "Lacetti" avtomobili yonib ketdi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Toshkent shahrida 18 may kuni kechqurun Ganga koʻprigidan tushib, Toshkent tsirki ostidan oʻtuvchi va Bunyodkor koʻchasiga olib chiquvchi yer osti yoʻlida "Lacetti" avtomobili yonib ketgan.

Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi "Voditeli Tashkenta" jamoatchilik guruhidagi postlardan birida, shuningdek, "Telegram" messenjeridagi turli kanallarda xabar berildi.

Avtomashinaning yonishi sababli yer osti yoʻlida avtomashinalarning ulkan tirbandligi hosil boʻlgan.

Probka izza pojara v tonnele
Probka izza pojara v tonnele

Ijtimoyi tarmoqdagi foydalanuvchilar ushbu xodisa boʻyicha quyidagi fikrlarni bildirishmoqda:

"Yomon boʻpti. Gaz masakanmi ishqilib?" — deb yozgan Eldor Ishanov.

"Pojarniy shunga shoshib ketvotgan ekande" — deb izoh qoldirgan Ilxom Kadыrov.

"Lacetti 1.8 avtomobili yondi, egasi tirik, yongʻin sababi — mashina kapoti ostidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergan, bu qisqa tutashuv qoʻlbola oʻrnatilgan musiqiy markaz simlaridan boʻlish mumkin, chunki mashina yukxonasida sambufer koʻzga tashlanib turibdi. Avtomobil egasi yongʻinni oʻt oʻchirish moslamasi bilan oʻchirishni uddalay olmagach, havoni tozalovchi vosita ham sepib koʻrdi. Haydovchilar oʻz avtomobilida shunchaki texnik koʻrik (TO) uchun emas, ishonchli oʻt oʻchirish moslamasi olib yurish kerak" — deb izoh qoldirdi Yodgorbek Boʻriboyev.

"Fotoda 50 ta avtomashina, koʻpchilik maxsus avtomashinalar uchun yoʻlni boʻshatib berishmagan, oʻz mashinalarni chetga olishmagan? Koʻpchilik haydovchilar oʻrindiqlaridan turib, mashini tashqarisiga chiqib ketishgan? Hech bir mashina orqaga harakat qilmayapti? GAI qayerga qarayapti? Qanday xavfsizlik haqida gap ketishi mumkin? Kechirasiz, men bunday haydovchilardan haydovchilik guvohnomalarni uch yilga olib qoʻyar edim. Sizlar qutqaruvchilar emas!" — deb qoʻshimcha izoh qoldirdi Aleksandr Ospanov.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Toshkent shahar IIBB YHXB va yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli ushbu hodisa zudlik bilan bartaraf etildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular