15:17 15 Dekabr 2017
Efir
Borba s prestupnostyu

Tovlamachi militsiya mayori qoʻlga olindi

© Sputnik/ Sergey Venyavsky
Hodisalar
Havola olish
36420

Andijon viloyati Paxtaobod tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari jinoiy ish qoʻzgʻatilgan shaxslardan pul evaziga ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishini bildirib muntazam ravishda pul undirib kelgan

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston maxsus xizmati vakillari tovlamachilikda gumon qilingan ichki ishlar organi mansabdorini qoʻlga olish boʻyicha operatsiya oʻtkazdilar, deb maʼlum qildi kuch tizimi vakili Sputnik muxbiriga.

MXX xodimlari Andijon viloyati Paxtaobod tumani IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari mayor Shuhrat Aysaboyevni ming dollar olayotganida qoʻlga olishdi.

Suhbatdoshning aytishicha, Aysabayev jinoiy ish qoʻzgʻatilgan shaxslardan pul evaziga ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishini bildirib muntazam ravishda pul talab qilib kelgan.

Masalan, u Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi ("Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish") bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan fuqaro X.J.dan ish boʻyicha ijobiy qaror chiqarish uchun ming dollar talab qilgan.

Andijon viloyat prokuraturasi Shuhrat Aysaboyevga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. Tergov olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular