03:39 15 Dekabr 2017
Efir
Zdaniye Kurskogo vokzala Moskvы

Kursk vokzalida uch oʻzbek pul talab qilib oʻz yurtdoshini mashina yukxonasiga tiqdi

© Sputnik/ Ilya Pitalev
Hodisalar
Havola olish
135452

Moskvadagi Kursk vokzalida uch oʻzbekistonlik pul bermagan oʻz yurtdoshini Ford Galaxy mashinasi yukxonasiga tiqishdi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Kursk vokzalida Oʻzbekistondan kelgan yigitni pul talab qilishib barchaning koʻz oʻngida kaltaklashdi va mashina yukxonasiga tiqishdi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

"Yiqilib tushdim. Hujjatim yoʻq. Oʻzbekistondanman. Lekin hammasi yaxshi, ichmaganman, aqlim joyida", — dedi Paveletskiy maydonida avtoinspektorlar tomonidan Ford Galaxy yukxonasidan chiqarilgan yigit.

Kursk vokzalida yuz bergan hodisa haqida guvohlar politsiyaga zudlik bilan xabar qilishgan, deb xabar qildi "360" telekanali.

Mashina salonida uch nafar oʻzbekistonlik boʻlgan. Tezkor maʼlumotlarga qaraganda, ular oʻz yurtdoshlaridan pul talab qilishgan, lekin uning puli boʻlmagan.

Qoʻlga olinganlarning barchasi vaqtincha qamoqqa olindi, voqea yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular