03:40 15 Dekabr 2017
Efir
Kontrabanda zolota

Oʻzbek bojxonachilari 2017 yilda 1 mln $lik tilla kontrabandasining oldini olishdi

Press-slujba Ministerstva Finansov RA
Hodisalar
Havola olish
459 0 0

Kontrabandachilarning tilla taqinchoqlarni olib oʻtadigan eng keng tarqalgan kanallari avvalgidek Toshkent va bir qator viloyatlar markazidagi aeroportlar hamda avtomobil transporti boʻlib qolmoqda

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlari 2017 yil yanvar-aprel oylarida respublika hududi orqali deyarli 3,5 mlrd soʻmlik (salkam 1 mln dollar) tilla va tilla buyumlar kontrabadasining oldini olishdi, deb xabar qildi RIA Novosti bojxona qoʻmitasi matbuot xizmatiga asoslanib.

"2017 yilning 4 oyi davomida bojxona xodimlarining huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorligida aniqlangan 50dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida qiymati salkam 3,5 mlrd soʻmlik 23 kgdan ortiq ogʻirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib oʻtilishiga chek qoʻyildi", — deyiladi xabarda.

2016 yilda Oʻzbekiston bojxonachilari tomonidan musodara qilingan noqonuniy tilla va qimmatbaho metallarning umumiy qiymati 1,8 mln dollarga teng boʻlgan.

Kontrabandachilarning tilla taqinchoqlarni olib oʻtadigan eng keng tarqalgan kanallari avvalgidek Toshkent va bir qator viloyatlar markazidagi aeroportlar hamda avtomobil transporti boʻlib qolmoqda. Noqonuniy qimmatbaho metallar olib oʻtish holatlar asosan Moskva, Boku, Dehli va Istanbul yoʻnalishlarida uchraydi.

Qoidabuzarlar noqonuniy tilla buyumlarni olib oʻtish uchun turli xiylalardan foydalanishga harakat qilishadi. Masalan, Samarqand aeroportida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosining shaxsiy yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda 26 ta tilla taqinchoqlar aniqlangan. Ularning ogʻirligi 5 kilodan ortiqni tashkil qilib, umumiy narxi 860 mln soʻm (MB kursiga oʻtkazilganda 230 ming $) baholandi. Kontrabandachilar taqinchoqlarni chamadon tutqichlariga joylashtirishgan hamda milliy taqinchoqlar va tugmalarga yashirishgan. Ular qimmatbaho yukni Moskva orqali Hindistonga olib borishga uringanlar, deb qoʻshimcha qildi bojxona matbuot xizmati.

"Moskva-Toshkent" reysi boʻyicha Oʻzbekistonga uchib kelgan Armaniston fuqarosi bojxonachilarning koʻzini shamgʻalat qilish maqsadida qimmatbaxo brilliant toshlari bilan bezatilgan tilla taqinchoqlarni turli konfetlar va yupqa, yaʼni lavashlar orasiga yashirishga uringan. Ekspertlar ushbu noqonuniy yukni 9 ming $ miqdorida baholashgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aktsiz soligʻi solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan meʼyorlariga muvofiq umumiy ogʻirligi 30 grammdan ortiq boʻlmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular