Angrenda avtomobil o‘g‘risi ushlandi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari xodimlarining ziyrakliklari bois ushbu jinoiy harakatga barham berildi

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkent viloyatining Angren shahrida tungi tadbirda xizmat olib borayotgan xodimlar e’tiborini shaharning Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan dehqon bozori yaqinida "Tiko" rusumli avtoulov atrofida kuymalanib yurgan kishining beo‘xshov xatti-harakatlari tortadi. Yarim tunda hamma uyquga cho‘mgan bir paytda, avtoulov eshigini ochib yopayotgan bu kishining bejo boqishlari ziyrak xodimlarda shubha uyg‘otadi.

Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek militsiyasi mashinalarga o‘g‘rilarga qarshi moslama o‘rnatishga kirishadi

— Tinchlikmi aka, yordam kerak emasmi, avtoulovingiz buzilib qoldimi?— deya savol beradi ichki ishlar organlari xodimlaridan biri.

— Tinchlik, o‘zim shundoq… —deydi haligi kishi qo‘lidagi kalitni avtoulov eshigiga suqarkan tutilib.

Shunday qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining ziyrakliklari bois ushbu jinoiy harakatga barham berildi, deb xabar qiladi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Angren shahar 3/2-daha 3-uy 2-xonadonda yashovchi Rashid Majitovga (ismlari o‘zgartirilgan) tegishli "TIKO" rusumli 10 T 653 MA davlat raqam belgili avtoulovni olib ketayotgan shaxs Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi B.Sh bo‘lib chiqdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0