14:55 23 Oktyabr 2017
Efir
Oʻzbek militsiyasi mashinasi

Toshkent IIBB Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji xolati boʻyicha xabar berdi

Stringer
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
108811

Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida may oyi boshida kursdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji oʻquvchisi Jasurbek Ibragimov ishi boʻyicha yangi maʼlumot chop etildi

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Toshkent IIBB Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji xolati boʻyicha xabar berdi.

"2017 yil 03 may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad oʻgʻli Ibragimovga nisbatan ogʻir tan jarohatlari yetkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) alomatlari bilan 1999 yilda tugʻilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi, deb taʼkidlangan.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular