14:56 23 Oktyabr 2017
Efir
Zaderjaniye prestupnika

Talaba Ibrohimovning oʻlimi boʻyicha jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi hibsga olindi

© Pixabay
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
274481

Hozirgi vaqtda Borovskiy tibbiyot kolleji xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan soʻroq qilinmoqda

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Toshkent shahridagi Borovskiy tibbiyot kolleji oʻquvchisi Jasur Ibrohimovning oʻlimi boʻyicha jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari Oʻzbekiston Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tugʻilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon oʻgʻli tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan. 

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi 2017 yil 4 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga qabul qilingan.

Toʻplangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda jinoyatga aloqador shaxslar doirasini aniqlash yuzasidan tegishli tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular