14:55 23 Oktyabr 2017
Efir
Studentы meditsinskogo kolledja

Toshkentdagi Borovskiy kolleji Jasur Ibrohimov oʻlimi boʻyicha bayonot berdi

Sputnik / Sergey Malgavko
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
277211

Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kolleji saytida kollej talabasi Jasur Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan bayonot berildi

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Bayonotda barcha oʻqituvchi tarkibi va oʻquvchilar Jasur Ibrohimovning oʻlimidan chuqur qaygʻuda ekani maʼlum qilingan. Soʻngra esa hodisa oʻquv yurti hududidan ancha uzoqda yuz bergani qayd etiladi.

"Kollej hududida 120 dan ziyod kuzatuv kameralari oʻrnatilgan va bundan barcha oʻquvchilar yaxshi xabardor. Kirish eshigida tashvish tugmasi oʻrnatilgan boʻlib, chaqiruv boʻlganida 3-4 nafar IIB xodimlaridan iborat tarkib 15 daqiqa ichida yetib keladi. Shu bilan birga maxsus qoʻriqlash xizmati ham mavjud", — deyiladi bayonotda.

Bularning barchasi nizoli vaziyatlarning oldini olish va oʻquv yurtida taʼlim olayotganlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qilingan.
3 may kuni soat taxminan 14:15 — 14:30 oraligʻida kollej hududidan tashqarida oʻquvchilar Jasur Ibrohimov va Islom Toʻlagan ishtirokida hodisa yuz bergan, hodisaga Jasur Ibrohimovning toʻrt nafar doʻsti guvoh boʻlgan.

Guvohlar — Jasurning doʻstlari aytishlaricha, guruh boʻlib doʻpposlash holati yuz bermagan va hodisadan soʻng Jasur mustaqil ravishda taksida uyiga ketgan, deyiladi bayonotda.

Jasurning onasi aytishicha, u 17:40 da onasiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini yomon his qilayotgani haqida xabar bergan.

Ayni vaqtda sodir boʻlgan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, hodisa ishtirokchilarining harakatlariga tergov organlari tomonidan tegishli baho beriladi, deydi kollej maʼmuriyati.

Avvalroq toʻplangan dalillar asosida Islombek Toʻlaganovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgani haqida xabar berilgandi.

Oʻtgan kunlar mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda vafot etgan talabaning onasining prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaati paydo boʻlgandi. Murojaatda u oʻgʻli kursdoshlari va kollejdagi boshqa talabalar tomonidan ayovsiz kaltaklanganligi bildirilgandi. Shifokorlar Jasurning hayoti uchun kurash olib borishdi, ammo afsuski, u 1 iyun kuni vafot etdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular