23:38 18 Dekabr 2017
Efir
Vashington

AQSH Tojikistonda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi

© Sputnik/ Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
759 0 0

"Soʻnggi vaqtlarda uyushgan terrorchilik guruhlari Tojikistonda hujumlarni amalga oshirishmagan boʻlsa-da, ammo soʻnggi 6-12 oy mobaynida bu kabi hujumlar xavfi ortgan boʻlishi mumkin", - deyiladi xabarda

TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. AQSH Davlat departamenti jangarilar Tojikiston hududida teraktlarni sodir etishga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda departamentning diplomatik xavfsizlik byurosining amerika fuqarolariga qilingan murojaatida bayonot berilgan.

"Soʻnggi vaqtlarda uyushgan terrorchilik guruhlari Tojikistonda hujumlarni amalga oshirishmagan boʻlsa-da, ammo soʻnggi 6-12 oy mobaynida bu kabi hujumlar xavfi ortgan boʻlishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Tojikistonda boʻlgan amerikaliklar terrorchilar tomonidan nishonga olinishi mumkin, deb aniqlik kiritgan departament. AQSH fuqarolariga Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegaradosh qismlarida ayniqsa xushyorroq boʻlish, aholi koʻp joylarda qolishlik va xalq koʻp toʻplanadigan joylardan imkon qadar uzoqroq boʻlish tavsiya etilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular