Emomali Rahmonning qudasi avariyada halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTojikiston rahbari Emomali Raxmon
Tojikiston rahbari Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmonning qudasi, ya’ni Tojikiston prezidentining to‘ng‘ich qizi - Ozoda Rahmonni turmush o‘rtog‘ining otasi Tojikiston Respublikasining sobiq suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kamoliddin Nuraliyev halok bo‘ldi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Tojikiston sobiq suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kamoliddin Nuraliyev fojiali tarzda vafot etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Xabarda aytilishicha yo‘l-transport hodisasi mamlakat poytaxtidan yetmish kilometr narida Nurek shahri yaqinida yuz bergan.

Erkak avariya yuz bergan joyning o‘zida hayotdan ko‘z yumgan.

Kamoliddin Nuraliyev — Emomali Rahmonning kuyovi — Jamoliddin Nuraliyevning otasi bo‘ladi.

Jamoliddin Nuraliyev — mamlakat Milliy banki raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelmoqda.

Hodisa tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti, deyiladi nashr xabarida.

Yangiliklar lentasi
0