21:28 26 Iyul 2017
Efir
TIV

Rossiyada yongʻinda halok boʻlgan oʻzbekistonliklar roʻyxati

© Facebook
Hodisalar
Havola olish
183010

Oʻzbekiston Elchixonasi xodimlari Sankt Peterburg shahri Tashqi aloqalar qoʻmitasi maʼlumotiga asoslanib, 7 ta Oʻzbekiston fuqarolarining halok boʻlganini tasdiqladi

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirlik axborot-xizmati Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi angarda roʻy bergan yongʻin tufayli halok boʻlga Oʻzbekiston fuqarolarning roʻyxatini eʼlon qildi.

TIVning xabarida aytilishicha, 13-iyul kuni yongʻin sabablari va halok boʻlganlarning shaxsini aniqlash uchun Kolpino shahriga (Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiradi) borgan Oʻzbekiston Elchixonasi xodimlari Sankt Peterburg shahri Tashqi aloqalar qoʻmitasi maʼlumotiga asoslanib, 7 ta Oʻzbekiston fuqarolarining halok boʻlganini tasdiqladi:

1. Xusinov Roʻzmat Qurbonboyevich, 1967-yil 1-yanvarda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, "Tagan" QFYda roʻyxatda turadi;

2. Xusinov Siroj Roʻzmatovich, 1991-yil 16-oktyabrda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, "Tagan" QFYda roʻyxatda turadi;

3. Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973-yil 2-noyabrda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, "Tagan" QFYda roʻyxatda turadi;

4. Boyjanov Ilyos Qadamboyevich, 1988-yil 10-noyabrda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Tagan" QFYda roʻyxatda turadi;

5. Sultonov Yunus Kuranboyevich, 1981-yil 21-aprelda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Tagan" QFYda roʻyxatda turadi;

6. Atakov Oʻtkirbek Oʻktamboyevich, 1989-yil 19-aprelda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Gulobod" QFYda roʻyxatda turadi;

7. Quramboyev Shoxzod Xushnudbek oʻgʻli, 1997-yil 3-noyabrda tugʻilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani "Tagan" QFYda roʻyxatda turadi.

Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekpertizasi oʻtkazishga qaror qilindi.

Elchixona Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli idoralari bilan doimiy aloqada boʻlib turibti.

Halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumot ularning oila-aʼzolarini habarbor qilish maqsadida Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari va Xorazm viloyati hokimligiga yetkazildi.

Asosiy mavzular