21:25 26 Iyul 2017
Efir
Samsung Galaxy Note 7 telefoni

Namanganda tualetga tushib ketgan Samsung Galaxi dastidan uch kishi halok boʻldi

© AP Photo/ Lee Jin-man
Hodisalar
Havola olish
10236150

Ikki ishchi telefonni olib chiqish uchun xojatxona tubiga tushayotib ogʻir gazdan zaxarlanib xushidan ketishgan. Ishchilarni qutqarmoqchi boʻlgan shifokor ham hojatxona ichida hushidan ketgan. Uch erkak ham vafot etgan

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 2017 yilning 13 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida xojatxonasida ogʻir gazdan zaxarlanish sodir boʻlgan, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.

Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxi J7 uyali telefonini uyidagi xojatxonaga tushirib yuborgan.

Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirgʻizboyev va O.Murzaliyevlar telefonni olib chiqish uchun birin-ketin xojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va ogʻir gazdan zaxarlanib, xushdan ketishgan.

Shundan soʻng, ayol ularni qutqarish uchun Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Qizilqiyoq QVPdan shifokor Q.Irisboyevni chaqirtirgan.

Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun xojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, xushidan ketgan.

Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan soʻng qisqa muddat ichida voqea joyiga borib vafot etganlarni xojatxona tubidan olib chiqishgan.

Fuqarolar A.Qirgʻizboyev va O.Murzaliyevlar voqea joyida fuqaro Q.Irisboyev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu oʻrinda yaqinda Oʻzbekistondagi tumanlarning birida yuz bergan bir voqeani esga olish lozim: oʻz  ehtiyotkorsizligi oqibatida "Ayfon"  telefonini xojatxonaga tushirib yuborgan ayol oʻgʻlidan yordam soʻraydi. Oʻgʻil esa onasiga qarab: "Hajga borib kelib endi xojatxonadan chiqqan telefonni ishlatmoqchi boʻlyapsizmi", deb tayoq olib telefonni choʻktirib yuborgan ekan…

Uch kishining bir matoh tufayli nobud boʻlganini eng ahmoqona oʻlimlar roʻyxatiga kiritish mumkin. 

Asosiy mavzular