13:10 22 Sentyabr 2017
Efir
Odnoklassniki

"Odnoklassniki"dagi tanishuv tufayli 20 yashar Jonibek yetti yilga qamaldi

Press-slujba Odnoklassnikov
Hodisalar
Havola olish
314922

Jonibekning internetdagi tanishlaridan biri - fargʻonalik Xolid yigitchaga goʻzal hayot, baxtli yashash qoidalari haqida aytib, rom qiladi

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. "Odnoklassniki"dagi tanishuv tufayli 20 yoshli yigit yetti yilga qamaldi, deb xabar qildi "Zarafshon" gazetasi.

Xabarda aytilishicha, kollejni bitirib tayinli ishning boshini tutmagan Jonibek Yusupov moʻmay pul topish ishtiyoqida Rossiyaga boradi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borib, yollanma ishlarda mehnat qiladi, toʻrt-besh rubl topadi. Boʻsh vaqtlarida telefon kovlashni oʻziga odat qilgan yigit "Odnoklassniki.ru" ijtimoiy tarmogʻida Xolid va Abdullo ismli shaxslar bilan tanishadi. Ular bilan doimiy ravishda suhbatlashib, diniy ekstremizm va separatizm, aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni qabul qilib oladi. Oʻzining uyali telefoni xotirasida saqlab qoʻyadi.

Jonibek internetdagi tanishlari bilan yanada yaqinroq doʻstlashadi. Xolid — fargʻonalik, 19 yoshda. U Jonibekni goʻzal hayot, baxtli yashash qoidalari haqida aytib, rom qiladi. Shu tariqa Suriya davlatida musulmonlar xalifalik davlati barpo etish maqsadida kofirlarga qarshi kurashayotgani, oʻzini musulmon deb hisoblagan har bir fuqaro bu yoʻlda jang qilmogʻi, kurashmogʻi zarurligini aytib, Jonibekni ishontiradi. Xolid uni oʻziga yaqin doʻst deb bilib, Abdullo degan ustozi bilan tanishtiradi. Fikr va qarashlari bir boʻlgan Abdullo ham uni jihod qilishga daʼvat etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali jihodga chorlovchi audio va video materiallarni Jonibekning telefoniga joʻnatib, oʻzlarining safiga qoʻshilishga undaydi. Jonibek videolarni koʻrib taʼsirlanadi, Suriyadagi musulmonlarga yordam berish lozimligini oʻylaydi, u yoqqa borishga qiziqadi.

Xolid bilan Abdullo uni Moskva shahriga taklif qilib, shu yerdan oʻylagan niyatlari yoʻlida birga harakat qilishlarini, Suriyaga borishda yordam berishini aytganda, Jonibek oʻyga choʻmadi. Ikkilanib, yurtiga qaytishga ahd qiladi.

"Sankt-Peterburg- Toshkent" yoʻnalishidagi avtobusda Oʻzbekistonga joʻnaydi. Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi Oʻzbekiston bilan chegara postiga yetib kelganida bojxona postidan oʻtayotganida telefon apparati va undagi flesh karta xotirasida saqlanayotgan jihodga chorlovchi audio va video materiallarni bojxona xodimlariga aytmasdan yashiradi.

Oʻzbekiston hududiga xufyona olib oʻtilgan xavfli narsa baribir fosh boʻldi. Jonibek oʻzi istiqomat qiladigan Past Dargʻom tumani Oʻrtacharxin mahallasida sinfdoshi Mehroj Orifov bilan uchrashib, xorijdan keltirgan telefonini koʻz-koʻz qiladi. Mehroj gap orasida "android" dasturli telefon apparati sotib olmoqchiligini bildirgach, Jonibek telefonida shunday dastur borligini aytadi va ular telefonlarini almashishadi. Mehroj uyiga kelib, qiziqib telefonning flesh kartasini ochsa, Iroq va Shom davlatlarida boʻlayotgan janglar tasviri tushirilgan videoroliklar, ushbu janglarga kelib qoʻshilishni targʻib qiluvchi chaqiriqlardan qoʻrqib ketadi.

Ertasi kuni Jonibek telefonida xavfli oʻyinlar borligi esiga tushib, Mehrojdan flesh kartani olib oʻzining telefoniga oʻrnatadi. Lekin joʻrasining "Nokia" telefoni xotirasida xavfli oʻyinlar yozilib qolgandi.

Bundan xabar topgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Jonibek Yusupovni inkor etib boʻlmas dalillar bilan qoʻlga olishdi.

Oʻyindan oʻt chiqdi, deb shuni aytadilar. Jonibek yoshlik-gʻoʻrlik qilib, oʻzi bilmay, tushunmay, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib, telefondagi oʻyindan oʻt chiqqanini sezmay qoldi. Sud uni 7 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Teglar:
jihod, ijtimoiy tarmoq, Odnoklassniki, telefon

Asosiy mavzular