21:30 26 Iyul 2017
Efir
Tez tibbiy yordam mashinasi

Madridda "Amerika tepaligi" attraktsionida ikki tarkib toʻqnashuvi yuz berdi

DANI POZO / AFP
Hodisalar
Havola olish
298 0 0

Baxtsiz hodisa "Shaxtadan kelayotgan poyezd" deb nomlangan Amerika tepaligi attraktsionida yakshanba kuni kunduzi roʻy bergan

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Madridda "Amerika tepaligi" attraktsionida ikki tarkib toʻqnashuvi yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti EFE agentligiga tayangan holda.

"Madriddagi istirohat bogʻidagi attraktsionda yuz bergan hodisa oqibatida kamida 26 kishi jarohatlandi", — deyilgan xabarda.

Baxtsiz hodisa "Shaxtadan kelayotgan poyezd" deb nomlangan Amerika tepaligi attraktsionida yakshanba kuni kunduzi roʻy bergan.

Attraktsionga tashrif buyuruvchilar orasida yosh bolalar ham boʻlib, ular yengil jarohatlanganligi aytilmoqda. Jarohatlanganlarning barchasi kasalxonaga olib ketilgan.

Asosiy mavzular