10:03 20 Oktyabr 2017
Efir
Sotrudniki pravooxranitelnыx organov

Penzadagi koloniyadan qochib ketgan mahbus qoʻlga olindi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Hodisalar
Havola olish
711 0 0

Neʼmatov qochib ketganidan bir necha soat oʻtib Ryazan viloyatida, taksida Moskvaga yoʻl olgan vaqtida qoʻlga olingan

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Penzadagi axloq tuzatish koloniyasidan qochib ketgan oʻzbekistonlik Shavkat Neʼmatov qoʻlga olindi, deb xabar berdi Rossiya IIV vakili Irina Volk RIA Novostiga.

Ilgariroq viloyat jazoni ijro etish federal boshqarmasi qotillik va talonchilik uchun jazo oʻtayotgan 27 yoshli Neʼmatov Penzadagi 4-axloq tuzatish koloniyasidan qochib ketgani haqida xabar bergandi.

Volkning maʼlum qilishicha, Neʼmatov tezkor operativ-qidiruv tadbiri davomida qoʻlga olingan.

"Ryazan viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi va Ryazan viloyati jazoni ijro etish federal boshqarmasi xodimlari hamkorlikda oʻtkazgan tadbir chogʻida qochoq qoʻlga olindi", — dedi Rossiya IIV vakili Irina Volk.

Penza viloyati jazoni ijro etish federal boshqarmasining maʼlumot berishicha, Neʼmatov qochib ketganidan bir necha soat oʻtib Ryazan viloyatida, taksida Moskvaga yoʻl olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Viloyat prokuraturasining aniqlik kiritishicha, Neʼmatov qotillik va talonchilik jinoyatlari uchun 13 yilga qatʼiy tartibdagi koloniyada jazo oʻtashga mahkum qilingan.

Asosiy mavzular