20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Dollarы SSHA

Gulnora Karimova nazoratidagi guruh oʻzgalarning mulk va mablagʻlarini egallab olgan

© pixabay
Hodisalar
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
190001

Gulnora Karimovaning nazorati ostida va koʻmagida uyushgan jinoiy guruh aʼzolari fuqarolar va tadbirkorlarning mablagʻlari, ulushlari, mulkiy obʼyektlarini tovlamachilik yoʻli bilan egallab olishgan

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari boʻyicha xabariga koʻra, G.Karimovaning nazorati ostida va koʻmagida uyushgan jinoiy guruh aʼzolari qator tovlamachilik jinoyatlarini sodir etishgan.

Xususan, ular G.Gaibnazarovning "Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" OAJ va "Angren-tsement" MCHJdagi 4,1 mlrd. soʻmlik aktsiyalari, 4 mln. AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlari, 17,3 mlrd. soʻmlik 2 ta kvartirasi, 4 uy-joyi (hovli) va 8 ta avtomashinasi, SH.Axmedovning "KOLORPAK" va "NASHRIYOT UYI TASVIR" MCHJdagi 1,9 mlrd. soʻmlik ulushi va boshqalarni tovlamachilik yoʻli bilan egallashgan.

Shuningdek, turli korxonalardagi davlatga tegishli aktsiyalar va ulushlarni sotib olish, mulkiy obʼyektlarni xususiylashtirish va mahsulotlarni past narxlarda sotishda 344,6 mlrd. soʻmlik davlat mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan ("Oʻzdunrobita" QKdagi 131,9 mlrd. soʻmlik (49%), "Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD" MCHJ shaklidagi QKdagi 14,6 mlrd. soʻmlik (67,1%), "Rubicon Wireless Communication" MCHJ shaklidagi QKdagi 9,6 mlrd. soʻmlik (30%) davlat ulushi, 20,4 mlrd. soʻmlik 50 ta koʻchmas mulk obʼyektlari va boshqalar) talon-toroj qilishgan.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular