20:07 23 Noyabr 2017
Efir
Zdaniye Generalnoy prokuraturы RF v Moskve

Rossiya Bosh prokuraturasiga Gulnora Karimovaning aktivlarini xatlash qarori kelmagan

© Sputnik/ Maksim Blinov
Hodisalar
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
194020

Rossiya Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston vakolatli organlaridan Gulnora Karimovaning aktivlari - Moskva shahri "Kamelot" turar joy kompleksidagi "pentxaus", "Rublevka" massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksini xatlash toʻgʻrisida rasmiy soʻrovnomasini olmagan

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Rossiya Bosh prokuraturasi xalkaro hamkorlik doirasida Gulnora Karimovaning aktivlarini xatlash boʻyicha rasmiy soʻrovnomani olmaganligini Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.

"Rossiya Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston vakolatli organlarining rasmiy soʻrovnomasi kelmagan. Soʻrovnoma kelgan taqdirda u oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi", — dedi OAVlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshligʻi Aleksandr Kurennoy.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari boʻyicha xabarida xalqaro hamkorlik doirasida 12 ta xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga uyushgan jinoiy guruhning aktivlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorlari yuborilganligini maʼlum qilgan edi.

Gulnora Karimovaning Rossiyadagi 6 mln. AQSH doll. miqdoridagi pul mablagʻlari, umumiy narxi 2 mln. AQSH doll. boʻlgan Moskva shahri "Kamelot" turar joy kompleksidagi "pentxaus", "Rublevka" massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksi, turar joy va yer uchastkasi aniqlangan.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)

Asosiy mavzular