14:08 16 Dekabr 2017
Efir
Fotojurnalist Ammar Abdulla (Siriya).  Beguщiye ot smerti

AQSH boshchiligidagi koalitsiya Suriyada kasalxonaga zarba berdi

Ammar Abdulla
Hodisalar
Havola olish
29301

Xalqaro koalitsiyaning oxirgi oy davomia bergan zarbalardan 100dan ortiq tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar ham qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya zarbasidan 6 kishi qurbon boʻldi 10 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Suriyaning SANA axborot agentligi.

Axborot agentligi xabariga koʻra, zarba Abukemal aholi punktida joylashgan Aisha nomli kasalxonaga berilgan. Bu iyul oyida koalitsiyaning tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelgan toʻrtinchi aviazarbasidir.

Bundan oldin Al-Mayadin shaharchasi va At-Deblyan qishloqlariga berilgan zarbalardan 95 nafar tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar ham qurbon boʻlgan edi, deb xabar qilmoqda SANA.

Umumiy hisobda AQSH boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqda oʻtkazilgan jangovar operatsiyalari davomida 600 dan ortiq tinch aholi qurbon boʻlganini tan olgan edi.

 

Asosiy mavzular