04:40 24 Sentyabr 2017
Efir
Povrejdeniya samolyota, kotorыy posadil Aleksandr Akopov

Ukrainalik uchuvchining mahoratiga butun dunyo qoyil qoldi

© iseemir
Hodisalar
Havola olish
111320

Turkiyaning Atlas Global aviakompaniyasi uchuvchisi, ukrainalik Aleksandr Akopov qatiq shikastlangan samolyotni Otaturk aeroportiga qoʻndirishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Atlas Global aviakompaniyasi parvozi istambuldagi Otaturk aeroportidan uchib chiqqanidan keyin 1500 metr balandlikda kuchli shamol va doʻlga (jala) duch keladi.

Muz parchalari samolyotning old qismini pachoq qilib, uchuvchilar kabinasidagi barcha oynalarni sindiradi. Oqibatda uchuvchilarga tashqaridagi hech narsa koʻrinmay qoladi.

Kabina samolyoti Aleksandra Akopova
Akopov samolyoti kabina ichidan koʻrinishi
Ekipaj kapitani 121 nafar yoʻlovchi mingan samolyotni orqaga qaytarishga qaror qiladi. Samolyot qoʻnish yoʻlagini koʻrish uchun uchuvchi faqat ochiladigan yon oynadan (fortochka) foydalanadi. Bir yonbashga ogʻib, nooddiy tarzda qoʻnayotgan samolyot hammaning diqqatini oʻziga tortadi. Koʻpchillik u hozir halokatga uchraydi, deb qichqira boshlaydi, lekin Akopov, samolyotni uchish yoʻlagiga mohirona qoʻndirib, ekipaj aʼzolarining va yoʻlovchilar hayotini saqlab qoladi.

Samolyot qoʻnganidan keyin Otaturk aeroprtining barcha xodimlari Akopov ekipajini olqishash uchun uchish maydonchasiga chiqishadi. Aeroporta uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan boshqa samolyotlar ekipajlari Akopovni chiroqlari yonib-oʻchirib qarshi oldi. Otaturk aeroportda shu damda boʻlgan boshqa uchuvchilar kelib Akopovning qoʻlini shasan siqishdi.

Asosiy mavzular