12:19 22 Avgust 2017
Efir
Sotrudnik militsii osmatrivayet avtomobil

Andijonda qidiruvda boʻlgan 22 nafar shaxs ushlandi

AP Photo / Mikhail Metzel
Hodisalar
Havola olish
135730

Jinoyat sodir etib tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 22 nafar shaxslar ushlandi

TOSHKENT, 9 avgust — Sputnik. Andijon viloyatida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida "Tozalash-antiterror" tadbiri oʻtkazib borilmoqda, deb xabar qildi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.

Tadbirni samarali oʻtkazish maqsadida, tezkor-kriminogen vaziyat chuqur tahlil qilinib, shahar-tumanlardagi 868 ta mahallalar toifalarga ajratildi. Tekshiruvlar dastlab tezkor-kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda oʻtkazildi.

Koʻp qavatli uylar, yertoʻla va chordoqlar, hovli uylari, tashkilot va korxonalar, mehmonxonalar, yotoqxonalar, taʼlim muassasalari, kafe-bar va restoranlar, savdo va boshqa xizmat koʻrsatuvchi obʼyektlar, oʻta muhim toifalangan obʼyektlar xavfsizlik yuzasidan tekshirib chiqildi.

Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida 4 mingta maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlanib, tegishli choralar koʻrildi.

Shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlarida profilaktik hisobida turgan maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi shaxslardan 30 nafariga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi.

Jinoyat sodir etib tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 22 nafar shaxs ushlandi.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2105
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    368
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    271