12:14 22 Avgust 2017
Efir
Zaderjaniye podozrevayemogo

112 mln soʻmlik dori pulini oʻzlashtirib yuborgan dorifurush qoʻlga olindi

© Flickr/ houstondwiPhotos mp
Hodisalar
Havola olish
37001

Surishtiruvda u pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi

TOSHKENT, 12 avgust — Sputnik. Shu yil may oylarida Yashnobod tumanidagi dori-darmon mahsulotlari savdosi bilan shugʻulladigan masʼuliyati cheklangan jamiyatga qarashli omborxona ish boshqaruvchisi M.S.ga tanishi X.A. birgalikda savdo bilan shugʻullanishni, dorilarni oʻzi sotib berishini vaʼda qilib, omborxonadan 112 mln. 250 ming soʻmlik turli xildagi dori-darmon mahsulotlarini olib, pullarni ham, mahsulotni ham qaytarishni xayoliga keltirmaydi.

Soʻrayverib toqati toq boʻlgan M.S. Yashnobod tumani IIBga murojaat qilishga majbur boʻladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati.

Olib borilgan tadbir natijasida tuman IIB profilaktika inspektorlari tomonidan X.A. ushlandi. Surishtiruvda X.A. pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

Yashnobod tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan X.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi, yaʼni firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2080
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    358
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    268