Toshkent viloyatida qidiruvda bo‘lgan 47 nafar shaxs qo‘lga olindi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tozalash-antiterror" tadbirida ko‘p qavatli uylar, xonadonlar, korxona-tashkilotlar, kafe, restoranlar, ko‘zdan kechirildi

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida "Tozalash-antiterror" tadbiri o‘tkazib borilmoqda, deb xabar qildi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Dima Bilanga o‘xshagan avtomashina o‘g‘risi qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida viloyat hududidagi mahallalarda tashkil etilgan yo‘nalishlarda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi va boshqa tashkilotlar vakillari birgalikda harakat qilmoqdalar.

Tadbir boshidan buyon ko‘p qavatli uylar, xonadonlar, korxona-tashkilotlar, kafe, bar, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, ta’lim muassasalari, yotoqxona va mehmonxonalar, mahalla guzarlari kabi obyektlar ko‘zdan kechirildi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jami 47 nafar jinoyat sodir etib, qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi.

Yo‘l-patrul xizmati blok-postlarida va chegara maskanlarida avtoulovlar va jamoat transportlari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0