Qotilligi uchun 20-yildan buyon qidirilayotgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston huquq tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, u 1996-yilda bir guruh shaxslar bilan talonchilik jinoyatini sodir etish vaqtidagi qotillikka aloqador

TOShKENT, 16-avgust — Sputnik. Bundan 20-yil ilgari sodir etgan jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 46 yoshli o‘zbekistonlik shaxs Rossiyaning Kaliningrad viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Kaliningrad viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ushbu shaxsning yashiringan manzili tezkor tadbirlar chog‘ida aniqlandi. O‘zbekiston huquq tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, u 1996 yilda bir guruh shaxslar bilan talonchilik jinoyatini sodir etish vaqtidagi qotillikka aloqador.

Hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0