Saudiya Arabistonida bir oy ichida ikkinchi shahzoda vafot etdi

Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 21-iyunida Saudiya qiroli Salmon bin Abdul Aziz al Saud Mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan 31 yoshli shahzoda Muhammad bin Salmonni valiahd shahzoda etib tayinlangan edi.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Saudiya Arabistoni qirol oilasida shahzoda Bandar bin Fad bin Saad bin Abdulraxman al Saudning vafoti haqida xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shahzoda chorshanba kuni vafot etgan. Payshanba kuni esa uni dafn etish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shahzodaning o‘limi sababi xabar qilinmagan.

Saudiya Arabistoni qirol oilasining hayoti bu yil yangiliklarga boy bo‘ldi. Dastlab qirol Salmon bin Abdul Aziz al Saud valiahd shahzodani o‘zgartirishga qaror qildi. Ushbu yilning 21-iyunida o‘tkazilgan maxsus ovoz berish jarayonida Saudiya Mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan 31 yoshli shahzoda Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlangan edi.

Undan so‘ng, 8-avgust kuni Saudiya Arabistonining yana bir shahzodasi — Salmon bin Abdulloh bin Turki al Saud vafot etdi. Eremnews xabariga ko‘ra 26 yoshli shahzodaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0