03:40 21 Yanvar 2018
Efir
Spirtli ichimlik

Qashqadaryoda yashirin aroq "zavodi" aniqlandi

© Sputnik/ Tabыldы Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
675 0 0

Qashqadaryolik fuqaro oʻz uyida yashirin aroq tsexida texnik spirtdan ishlab chiqarilgan "samopal" aroqlarni shishasini 6800 soʻmdan gan

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazgan tadbir davomida, Shahrisabz shahrining "Choʻlpon" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi xonadonlarning birida yashirin aroq tsexi tashkil etilganligi aniqlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi IIV matbuot-xizmati.

Xabarga koʻra, aroq texnik spirtdan tayyorlangan.

"YA.S. oʻzining noqonuniy harakatiga oʻgʻli va jiyanini ham jalb qilgan. Ularning vazifasi 0,5 litr sigʻimli shisha idishlarga "Shahrisabz" aroq-vino zavodi yorliqlarini yopishtirib, donasini 6800 soʻmdan mijozlarga tarqatish boʻlgan", — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari YA.S.ning uyi koʻzdan kechirilganda, 60 litrli idishda isteʼmolga yaroqsiz etil spirtini qayta ishlovchi qoʻlbola uskuna, 588 dona "Shahrisabz" arogʻi yorliqlari yopishtirilgan tayyor aroq ichimligi, 52 litr spirt, 400 dona metall qopqoq, 3200 dona aktsiz marka, 400 ta tsellofan qoplagich, 170 litr qadoqlanmagan aroq, 1920 ta "Shahrisabz" arogʻi yorliqlari yopishtirilgan shisha idishlar, 12 kg. qadoqlashga moʻljallangan tsellofanlar borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan.

Holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular