08:49 23 Noyabr 2017
Efir
Korabli Kaspiyskoy flotilii

Kaspiy dengizida Turkmaniston paromini portlatmoqchi boʻlishdi

Ministerstvo oboronы RF
Hodisalar
Havola olish
68601

Ikki erkak Turkmanboshi va Boku shaharlari oʻrtasida qatnaydigan "Baxtiyor" paromi bortiga portlovchi moddalarni olib oʻtishga urinishdi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Turkmanboshi portida teraktning oldin olindi. Shahardan Bokuga yoʻl olgan paromni portlatmoqchi boʻlishdi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon "Xronika Turkmenistana" nashriga tayangan holda.

Hodisa 28 avgust kuni roʻy bergan boʻlsa-da, ammo u faqat seshanba, 12 sentyabr kuni ommaga oshkor qilingan.

Yovuz niyatli shaxslar — Turkmanistonlik aka-ukalar ekanligi aniqlangan. Ularning ismi oshkor qilinmayapti.

Xabarga koʻra, erkaklar Turkmanboshi va Baku shaharlari oʻrtasida muntazam qatnaydigan yoʻlovchilarni va yuk tashuvchi "Baxtiyor" paromi bortiga portlovchi moddalarni olib oʻtishga urinishgan.

Aka-ukalar chiptalarni har xil joyga olishgan va portlovchi moddalarni alohida-alohida olib oʻtishni rejalashtirishgan. Bombani esa paromning oʻzida yigʻishni moʻljallaganlar. Portlash Turkmaniston hududiga kiraverishda yuz berishi kerak boʻlgan.

Oʻsha kuni paromda 170ga yaqin yoʻlovchilar, shuningdek Turkiya kompaniyalariga qarashli ekipajli yuk mashinalari boʻlgan.

Nashr maʼlumotiga koʻra, maxsus xizmatlar teraktga hozirlik koʻrilayotgani haqida oldindan xabardor boʻlishgan.

Asosiy mavzular