07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Zaderjaniye prestupnika

Yer uchastka uchun 9100 dollar undirmoqchi boʻlgan namanganlik firibgar qoʻlga olindi

TSOS FSB RF
Hodisalar
Havola olish
47820

Jinoyatchi yer uchastkalarni ajratish masalasini pul evaziga hal etishga vaʼda bergan

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Namangan viloyati boʻyicha MXX boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari yer uchastkasini ajratish borasida firibgarlik bilan shugʻullangan jinoyatchini qoʻlga oldilar, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish organidagi manba.

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi avval sudlangan va hech qayerda ishlamaydigan 42 yoshli Maʼruf Yuldashev firibgarlik sodir etgan.

"Olingan maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olingan shaxs Namangan shahar hokimiyatida tanish-bilishi borligini aytib, yer uchastkalar ajratish va rasmiylashtirish masalasini hal qilishga vaʼdalar bergan. Bu "yordami" uchun 9,1 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbir natijasida Yuldashev pul olayotganda qoʻlga olindi", — deb taʼkidladi MXX vakili.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Yuldashevga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishi olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shu yil aprel oyida MXX xodimlari tomonidan Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani fermerlar kengashi raisi Sherzod Poʻlatov va yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi Elyorbek Nodirov pul olayotganda qoʻlga olingan edi. Ular Toʻraqoʻrgʻon tumanida issiqxona va asfalt ishlab chiqarish korxonasi barpo etish uchun 2 gektar maydon yer uchatkasini ajratilishida yordam berish evaziga xususiy korxona rahbaridan 26 ming dollar talab qilishgan.

Asosiy mavzular