07:04 23 Noyabr 2017
Efir
Statuya bogini pravosudiya

Bosh prokuratura direktorlarni kaltaklagan hokim ishini nazoratga oldi

© pixabay
Hodisalar
Havola olish
90733

Internet va mahalliy OAVlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev ekanligi aytilgan shaxs mahalliy maktab direktorlarini haqoratlab shapaloq tushirayotganligi aks etgan videolavha tarqalgandi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi internet tarmogʻi va mahalliy OAVlarda tarqalib ketgan Sirdaryo viloyatidagi tumanlardan birining hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani haqidagi xabardan soʻng tekshiruv ishini nazoratga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti Bosh prokuratura vakiliga tayanib.

Internet va mahalliy OAVlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev ekanligi aytilgan shaxs mahalliy maktab direktorlarini haqoratlab shapaloq tushirayotganligi aks etgan videolavha tarqalgandi. Videolavhaga bildirilgan izohlarda, ular Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga yetarlicha tayyorgarlik koʻrishmagani uchun hokim tomonidan "jazolanishgan".

"Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan Sayxunobod hokimining hatti-harakatlari haqidagi videomaterialda koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tekshiruv boshlandi. Tekshiruv jarayonini Bosh prokuratura nazoratga olgan", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, tekshiruv natijalari haqida qonunda belgilangan muddatda keng ommaga eʼlon qilinadi.

Asosiy mavzular