07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Qoʻl kishani

Andijondagi "Jahon" buyum bozorida oʻgʻirlik qilgan ayollar qoʻlga olindi

© Flickr/ houstondwiPhotos mp
Hodisalar
Havola olish
626 0 0

Ayollardan iborat jinoiy guruh ikki tadbirkorning umumiy narxi 280 ming soʻmlik 7 juft bolalar oyoq kiyimi va umumiy narxi 290 ming soʻmlik 2 dona ayollar sumkalarini oʻgʻirlashadi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati ayollardan iborat jinoiy guruh qoʻlga olingani toʻgʻrisida axborot berdi.

Xabarda aytilishicha, Buloqboshi tumani Farogʻat koʻchasida yashovchi M.A. ismli ayol, uning qizi hamda dugonasi D.M.lar Andijon shahridagi "Jahon" buyum bozorida oʻgʻrilik qilishni rejalashtirishadi.

Ushbu bozorda savdo qilayotgan ikki tadbirkorning umumiy narxi 280 ming soʻmlik 7 juft bolalar oyoq kiyimi va umumiy narxi 290 ming soʻmlik 2 dona ayollar sumkalarini oʻgʻirlashadi. Biroq ular uzoqqa borishmadi.

Ayollardan iborat jinoiy guruh aʼzolaridan biriga tegishli "Spark" rusumli avtomashinaga yuklayotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlandilar.

Asosiy mavzular