04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
Iroq politsiyachilari

"ID" jangarilarining 400ga yaqin xotinlari Iroqdagi lagerga tushdi, orasida oʻzbeklar bor

© RIA Novosti
Hodisalar
Havola olish
254201

Iroq harbiylari oʻrab olgach jangarilar taslim boʻlgan. Harbiylar ularni oilalari bilan birga qoʻlga olgan.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Tall-Afar shahri uchun olib borilgan janglardan keyin "Islom davlati" jangarilarining 400 nafarga yaqin xotinlari Iroq harbiylari qoʻliga kelib tushgan. Ular orasida Rossiya, Oʻzbekiston va Turkmaniston fuqarolari borligi xabar qilinmoqda.

Iroq shimoli-sharqida joylashgan Tall-Afar shahri uchun operatsiyalar 20 avgustdan boshlab olib borilgan. Iroq Bosh vaziri Xaydar al-Abadiy 31 avgust kuni iroqlik harbiylar "ID" ustidan toʻliq gʻalaba qozonganliklarini va Tall-Afar shahri joylashgan shimoliy Naynava viloyati jangarilardan tozalangani haqida eʼlon qilgan. Operatsiya davomida 2 mingdan ortiq terrorchilar yoʻq qilingan.

"Jangarilar oʻrab olingach, ular oilalari bilan birgalikda taslim boʻldilar. Umumiy miqdori 600 nafarni tashkil qildi", — deb hikoya qilgan Iroq armiyasi vakili.

Iroq hukumatining taxminiga koʻra, ularning qoʻliga tushgan 400 nafar ayollar "ID" jangarilari xotinlari boʻlishi mumkin. "Tall-Afarga kelgan ayollarning aksariyati Turkiya, Yevropa, Checheniston, Misr, Tunis va boshqa davlat va mintaqalardandir. Bu yerga kelgach ular oʻz ixtiyorlari bilan "ID" jangarilariga turmushga chiqishgan", — deb xabar qilgan RIA Novosti nashriga Iroq armiyasi vakili.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, hozirda ayollar "Hamam Eli" lagerida ushlab turilibdi. Iroq hukumati ularning "ID" bilan aloqalarini oʻrganishmoqda. "Agar ular orasida beayblari boʻlsa, u holda biz ularni qoʻyib yuboramiz", — deb ishontirgan harbiy.

Harbiyning soʻzlariga koʻra, ayollarning kattagina qismini turkiyaliklar tashkil qiladi. Iroq hukumati hozirda barcha tegishli maʼlumotlarni Turkiyaning rasmiy vakillariga taqdim etishgan. Asir olingan jangarilar esa Bagʻdod shahriga yuborilgan.

ID" jangarilarining taslim boʻlgan ayollaridan biri 34 yoshli Kyubra Xajiogʻlu "Hamam Eli" lageriga olib kelinganiga 14 kun boʻlgani haqida soʻzlab bergan. "Qurd koʻngilli askarlari vakillarining soʻzlariga koʻra hozirda bizga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilib, maʼlumotlar toʻplanayotgan ekan. Ayni vaqtgacha ikki oʻrtada bizlarni Turkiyaga topshirish haqida kelishuv imzolanganicha yoʻq. Bizlarni nimada ayblashayotganidan bexabarmiz… Biz Turkiyaga qaytishni xohlaymiz. Bu masala hal etilishi uchun Turkiya hukumatidan yordam soʻraymiz… Bu yerda bizni terrorchilar deb hisoblashadi…", — deb aytgan ayol. Ayolning aytishicha lagerda turkiyaliklardan tashqari Pokiston, Turkmaniston, Rossiya va Oʻzbekistondan ham ayollar bor.

Asosiy mavzular