Tojikistonda aeroport boshlig‘i prezident vertoloti sabab halok bo‘ldi

© Foto: Press-slujba prezidenta RTPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon v Xatlonskoy oblasti
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon v Xatlonskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aeroport boshlig‘i Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Dushanbega kuzatayotgan paytida baxtsiz hodisa yuz bergan

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Xorug‘ aeroporti boshlig‘i 60 yoshli Dildor Maqsudshoyev baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz hodisa aeroport boshlig‘i Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Dushanbega kuzatayotgan paytida yuz bergan.

Dushanbe shahri - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Maqsudshoyev prezident vertoloti havoga ko‘tarilayotgan vaqtda vertolotga juda yaqin turgani sababli halok bo‘lgan.

Vertolot parraklari aylanganida paydo bo‘lgan kuchli shamol Maqsudshoyev turgan gilamni yerdan ko‘tarib yuborgan va shamol aeroport boshlig‘ini gilam bilan birga ko‘tarib yaqin-atrofda turgan katta toshga olib kelib urgan. Toshga urigan Maqsudshoyev og‘ir jarohat olgan va kasalxonaga olib ketish chog‘ida vafot etgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari bo‘lib o‘tgan voqeani baxtsiz hodisa deb baholashdi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Darvaz tumanidagi Shkev-Kalai Xumb avtomobil yo‘li qurilishi boshlanishini ochib berish uchun tashrif buyurgandi.

Yangiliklar lentasi
0