04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Jasurbek Ibragimov

Prokuratura Jasurbek Ibrohimov ishi boʻyicha tergovni tugatdi

NUZ.UZ
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (11)
351830

Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan tergov ishi tugatilib, kelgusida koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov vafoti yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishi boʻyicha barcha tergov ishlarni tugatdi. Bu haqda Toshkent shahar prokurorining oʻrinbosari Murodjon Sodiqov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ish koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi. Lekin prokuratura xodimi tergov ishida nechta odamlar koʻrib chiqilganligi va ish sudda qachon koʻrib chiqilishi boʻyicha izoh bermadi. Bundan tashqari, ushbu ish boʻyicha sud jarayoni ochiq yoki yopiq tarzda oʻtishi ham hozircha nomaʼlum boʻlib toʻribti.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 3 may kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tugʻilgan Ibragimov Jasurbek Maxammadjon oʻgʻli tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan edi.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari Oʻzbekiston Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olingan edi.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Toʻplangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov ayblanuvchi sifatida jalb qilindi va unga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (11)

Asosiy mavzular