14:32 24 Oktyabr 2017
Efir
Zaderjaniye prestupnika

Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlangan bangixona aniqlandi

FSB RF
Hodisalar
Havola olish
56210

Er-xotin ikki yil davomida oʻz uyida morfin, kodein va opiy giyohvand vositalarni tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. MXX xodimlari giyohvand moddalar tayyorlangan uy faoliyatiga chek qoʻydilar, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu uyda noqonuniy faoliyatini hech qayerda ishlamaydigan 52 yoshli Natalya Cherepovskaya va uning eri 49 yoshli Nazar Tojiboyev tashkil qilishgan. Qoʻlga olinganlarning ikkovi ham besh martadan giyovandlik bilan bogʻliq turli jinoyatlar, shuningdek, firibgarlik, oʻgʻrilik boʻyicha sudlangan.

"Er xotin oʻz uylarida giyohvand moddalarni tayyorlash va bangixona tashkil qilganlar. U yerda ular turli narkotik moddalar: morfin, kodein, opiy moddalarni tayyorlash, isteʼmol qilish va sotish ishlari bilan shugʻullanishgan. Tezkor xodimlar ushbu uyda 37 yoshli Erkin Parpiyev va 38 yoshli Igor Kimni qoʻlga olganlar. Ular ushbu uyda giyovand moddalarni sotib olib isteʼmol qilishgan", — deb taʼkidladi Sputnik muxbiriga organ xodimi.

Dastlabki tergov jarayonida shu maʼlum boʻldiki, Cherepovskaya va Tojiboyev oʻz uyida ikki yil davomida noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanib kelishgan.

Uyni koʻzdan kechirish davomida koʻknor, ammiak, eritgich, dimedrol, sanat, tropikamid singari tibbiy dori vositalari topilgan. Bular qon tomiriga yoʻnaltiruvchi ogʻir narkotik tayyorlashda ishlatiladi. Shuningdek, tezkor xodimlar giyohvand moddalarni tayyorlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalarni ham topishgan.

Oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, olib qoʻyilgan morfin, kodein va opium giyohvandlik moddasi ekanligi tasdiqlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Cherepovskaya va Tojibayevga nisbatan Jinoyat kodeksining giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular