12:12 18 Dekabr 2017
Efir
Sotrudnik FSB

"Moskva" yonidagi toʻpolondan soʻng ellikdan ortiq migrantlar ushlandi

© Sputnik/ Andrey Stenin
Hodisalar
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
680 0 0

Hozirda politsiya migrantlarni migratsiya ucheti bazasi boʻyicha tekshirmoqda

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya poytaxtida "Moskva" savdo markazi yonida yuz bergan mojarodan soʻng politsiyachilar tomonidan 50dan ortiq kishi ushlandi, deb xabar qildi RIA Novosti huquq-tartibot organlaridagi manbadan olingan xabar asosida.

Ilgariroq "Moskva" savdo markazi yonida gastarbayterlar ishtirokida yirik mushtlashuv yuz berishi mumkinligi, ammo politsiya xodimlari ushbu hodisaning oldini olishga muvaffaq boʻlishgani haqida xabar qilingan edi.

RIA Novosti manbasining xabariga koʻra, savdo markazi posbonlari tomonidan markazda yuk tashuvchi boʻlib ishlovchi migrantning doʻpposlanishi mojaroni keltirib chiqargan.

Mojaro ishtirokchilarining barchasi politsiya boʻlimiga olib kelingan.

RIA Novosti manbasi ushlanganlar soni 50 kishidan ziyodligini aytgan.

"Hozirda migratsiya ucheti bazasi boʻyicha tpekshiruvlar olib borilyapti", — deb xabar qilgan huquq-tartibot organi xodimi nashrga.

Yangi Moskva va Sankt-Peterburgdagi toʻpolon

Joriy yilning avgust oyi boshlarida Novaya Moskvadagi qurilish maydonida migrantlar ishtirokida yirik toʻpolon yuz bergan edi. Armaniston va Oʻzbekiston davlatlaridan boʻlgan migrantlar ishtirokidagi bu toʻqnashuv quruvchilardan bipi tom boshidan axlat toʻka boshlagani tufayli yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar mojaro qurilish obʼyektining ikki brigadasi oʻrtasida yuz berganini va hodisa davomida ishtirokchilar bir birlariga jarohat yetkazishganini aniqlagan. Toʻpolon davomida migrantlar bolgʻa, kuvalda, temir armaturalardan foydalanganlar.

Mojaro oqibatida olti kishi jarohatlangan va kasalxonaga tushgan.

2016 yilning iyun oyida Sankt-Peterburg yaqinidagi Kudrovo qishlogʻidagi qurilish maydonida migrantlar ishtirokida yana bir janjal yuz bergan. OAVlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, janjal quruvchilardan biriga avtomobil loy sachratib oʻtib ketishi tufayli yuzaga kelgan. Mushtlashuvda 40ga yaqin migrantlar ishtirok etgan va ulardan 17 nafari keyinchalik huquq-tartibot organlari tomonidan qoʻlga olingan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular