Qo‘qonda shifokor firibgarligi uchun 3,5 yilga qamaldi

© flickr.comVrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U qariyb uch ming dollar evaziga fuqarolarni O‘zbekiston Qurolli kuchlariga xizmatga joylashni va’da qilgan

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tovlamachilikda ayblangan Qo‘qon narkologiya dispanseri vrach-terapevti Rahim Ibrohimov ishini ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Yirik firibgarlik: "Mikrokreditbank"ning bir guruh xodimlari qamoqqa olindi

Sud jarayonida Ibrohimov Yo.Yu. va M.R.larning tanishlarini Qurolli kuchlar safiga qabul qilinishlari uchun 2,7 ming dollar so‘ragan.

"MXX xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlaridan iborat operativ guruh Rahim Ibrohimovni so‘ralgan pulni olayotganida ushladi. Surishtiruv chog‘ida u uch kishining Qurolli kuchlar safida bir yillik xizmat va mobilizatsion-chaqiruv rezervida bir oylik kurs o‘tashlari bilan bog‘liq masalasini hal qilishga va’da bergani ma’lum bo‘ldi", — dedi sud vakili.

Ibrohimov 2010 va 2016-yillarda ham firibgarligi uchun sudlangan.

Sud to‘plangan materiallarni ko‘rib chiqdi, guvohlar va ayblanuvchining ko‘rsatmalarini tingladi hamda R.Ibrohimovni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan aybdor deb topib 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0