12:12 18 Dekabr 2017
Efir
Skoraya pomoщ

"Moskva" savdo markazi oldidagi mojarodan soʻng bir migrant reanimatsiyaga tushdi

© Sputnik/ Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)
44410

"Moskva" savdo markazi korovul xizmati xodimlari bilan ommaviy mushlashuv uyushtirmoqchi boʻlgan 50 dan ortiq migrant politsiya boʻlimlarida ushlab turilmoqda

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. "Moskva" savdo markazida boʻlib oʻtgan  mojarodan soʻng 27 yoshli Tojikiston fuqarosi Navruz Karimov reanimatsiya boʻlimiga tushib qoldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston Rossiyadagi Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligining vakolatxonasi matbuot kotibi Ibragim Axmedov soʻzlariga tayangan holda xabar qildi.

Ushbu maʼlumotlarni Tojikiston elchixonasidagi manbaa ham tasdiqladi. Shuningdek, yana bir nechta odam jarohatlanganligi haqida maʼlumotlar bor, lekin ularning millati nomaʼlum.

"Mushtlashuvda faqatgina Tojikiston fuqarolari ishtirok etmagan. Kecha elchixona vakillari jarohatlanganlar oldiga kiritilmagan. Tojikiston elchixonasi ushbu vaziyatni kuzatib bormoqda", — deb taʼkidladi manbaa.

Bugun ertalab, "Moskva" savdo markazi korovul xizmati xodimlari bilan ommaviy mushlashuv uyushtirmoqchi boʻlgan 50 dan ortiq migrantlar politsiyachilar tomonidan olib ketilganligi haqida xabar qilgan edik.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (56)

Asosiy mavzular