20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Skoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto

Muborak gazni qayta ishlash zavodida uch ishchi zaharlanishdan oʻldi

© Sputnik/ Pavel Lisitsыn
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
398 0 0

Muborak gazni qayta ishlash zavodining uch xodimi taʼmirlash-tozalash ishlari vaqtida halok boʻlishdi, yana bir xodim kasalxonaga yotqizilgan

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodining uch ishchisi gazdan zaharlanish oqibatida halok boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Muxbirning soʻzlariga koʻra, baxtsiz hodisa 20 sentyabr kuni "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MCHJ tsexida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida sodir boʻlgan. Ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan.

Natijada 3 nafar xodim — tsex boshligʻi Aʼzam Kuliyev, operatorlar Qudrat Toʻrayev va Umrzoq Oʻrinovlar birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramay voqea joyida vafot etishgan.

Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va bu kabi hodisalarning olidini olish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila aʼzolariga barcha zaruriy yordamlarni koʻrsatish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular