20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Proverka dollarov na podlinnost

Toshkent aeroportida Turkiyadan soxta 20 ming $ni olib kirmoqchi boʻlgan ayol fosh qilindi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
368 0 0

Oʻzbekistonlik ayol qalbaki pullarni Istanbuldan olib kelgan. Unga oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxona maskani xodimlari tomonidan Istanbuldan qalbaki boʻlgan 20 ming dollarni olib kirishga uringan ayol toʻxtatildi, deb xabar qildi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaroning yoʻl sumkasi bojxonachilar tomonidan koʻzdan kechirilganda sumkadagi oyoq kiyimlari orasiga 20 ming AQSH dollari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.

"Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona komleksi xodimlari Istanbuldan kelgan yoʻlovchi ayol sumkasi koʻzdan kechirilganda poyabzallar orasiga yashirilgan qalbaki 20 ming dollarni aniqladilar" — deb yozilgan xabarda.

Ekspert-kriminalistik xulosasiga koʻra, olib qoʻyilgan ushbu kupyuralar qalbaki ekanligi tasdiqlandi va yoʻlovchi ushlab qolindi.

Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasan, ularni oʻtkazish moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ushbu moddaga binoan qalbaki chet el valyutasini juda koʻp miqdorda oʻtkazish oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular