Toshkentda 177 ming dollarni o‘margan talonchilar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni X.Saydullayev, M.Saidov va N.Nasriddinov sodir etganliklari aniqlangan

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. 21 sentabr kuni kech soat to‘qqiz yarim-o‘nlar oralig‘ida noma’lum shaxslar Yakkasaroy tumani hududida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosi ichidagi seyfdan U.Turdiyevga tegishli 177 ming dollar miqdoridagi pulni egallab olishgan. Shundan so‘ng mazkur jamiyat ishchisining hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Talonchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi "a" bandi (talonchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda ko‘p miqdorda, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni X.Saydullayev, M.Saidov va N.Nasriddinov sodir etganliklari aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0