"Lada" mingan kollej o‘quvchisi "Kobalt", "Vaz" va "Matiz"ni pachaq qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa qurbonlarsiz kechgan. "Lada" haydovchisining o‘zi kasalxonaga olib ketilgan

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Joriy yil 24-sentabr kuni "Lada" mashinasi ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida xabar berildi.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Daxshatli YTH: Toshkentda ayol boshqaruvida bo‘lgan avtomobil piyodalarni urib yubordi
Xabarda aytilishicha xaydovchilik guvohnomasi va tegishli hujjatlarsiz "Lada" rusumli avtomobilni boshqarib kelayotgan 16 yashar kollej o‘quvchisi Amir Temur shoh ko‘chasida "Kobalt", "VAZ-21013" va "Matiz" rusumli avtoulovlar bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada, kollej o‘quvchisi kasalxonaga olib ketilgan va unga "bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya chayqalishi" tashxisi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

© GUVD TashkentaVaz
Vaz - Sputnik O‘zbekiston
Vaz

"VAZ-21013" avtoulov yo‘lovchisi bo‘lgan ayol ham  jaroxatlar bilan kasalxonaga murojaat etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXBning huquqbuzarliklar bilan kurashish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 133-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) alomatlari bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

© GUVD TashkentaLada
Lada - Sputnik O‘zbekiston
Lada

Yangiliklar lentasi
0