14:56 23 Oktyabr 2017
Efir
Jasurbek Ibragimov

Jasurbek Ibrohimovning onasi: oʻgʻlimga tahdid qilishgan

NUZ.UZ
Hodisalar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
162711

Oʻz guruhdoshlari tomonidan ayovsiz kaltaklanishi oqibatida vafot etgan tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovga mojaroda ishtirok etgan yigitlarning qarindoshlari tomonidan tahdid qilingan. Bu haqda Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva maʼlum qildi

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Oʻta shafqatsiz tarzda kaltaklanib, olgan jarohatlari oqibatida kasalxonada olamdan koʻz yumgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning onasi sudda bergan koʻrsatmalarini jurnalistlar orasida tarqatib yubordi, bundan tashqari ushbu koʻrsatmalar ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarda ham paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Jasurbekning onasi Nilufar Aliyeva oʻz koʻrsatmalariga qoʻshimcha tarzda marhum oʻgʻlining suratini ham ilova qilgan. Suratda shifokorlar Jasurbekning hayoti uchun kurashayotgan bir mahalda u qanday ogʻir ahvolda boʻlganligini koʻrish mumkin.

Aliyevaning soʻzlariga koʻra, oʻsha mashʼum kunda oʻgʻli unga qoʻngʻiroq qilganida, ayol ishxonada boʻlgan. Oʻgʻil yiqilib tushganini, burni toʻxtovsiz qonayotganini va qorni qattiq sanchiyotganini aytib, onasidan tezroq kelishni soʻragan.

Ota-ona uyga kelgach (ayol yoʻl-yoʻlakay turmush oʻrtogʻiga telefon qilgan) qoʻrqinchli bir voqeaning ustidan chiqadilar: oʻgʻillari polda yotgancha qattiq oh-voh qilardi. Uning burnidan, ogʻzidan va quloqlaridan jigarrang qon kelar, butun tanasi shilingan va shishlarga toʻlgan, tizzalari esa yirtilgan bir ahvolda edi.

Pogibshiy student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii
Foto predostavleno materyu Jasurbeka Ibragimova
Pogibshiy student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii

Aliyevaning yozishicha, aynan mana shundan soʻng kasalxonalarga qatnovlar boshlangan. Ikkita kasalxonadan soʻng, ularni uchinchisida, 14-bolalar shifoxonasida qabul qilishgan.

Oqibatda yigit beshta murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan. Ammo bularning hech biri foyda bermagan.

"Oradan biroz vaqt oʻtgach kasalxonaga dekan Mariella Tulenovna, kurator Liliya Aleksandrovna, Toʻlaganov Islomning onasi va Islomning oʻzi kelishdi. Dekan, kurator va Islomning onasi reanimatsiyaga kirishdi. Ular jarohatlar qanchalik ogʻirligiga amin boʻlishmoqchi edi. Shundan soʻng Islomning onasi, dekan va kurator guvohligida Islom bilan suhbat boʻldi.

Islom mushtlashuvda oʻzidan tashqari Begzod va Timur (ularning ikkisi ham Jasurning kursdoshi boʻlgan), uchinchi kursdan Timur va Hurmat ismli yigitlar boʻlganini aytdi. Ammo Islomning yuzi va qoʻllari hatto zarracha tirnalmagan edi", — deyiladi onaning koʻrsatmalarida.

Sal kechroq kasalxonaga jabrdiydadan koʻrsatma olish uchun huquq-tartibot organlari xodimlari ham kelishgan.

Ammo Jasur oʻzini oʻta yomon his qilayotgani, unga kuchli taʼsir qiluvchi ogʻriq qoldiruvchi dorilardan ukol qoʻyishayotgani bois, ichki ishlar xodimlari koʻrsatma olisholmadi, deb eslaydi ona.

Nilufar Aliyeva oʻz koʻrsatmalarida boʻlib oʻtgan voqealar ketma-ketligini deyarli kunma-kun qayta tiklagan. Xususan, ayolning yozishicha, 2017 yil 5 may kuni u ertalab 10larga yaqin kasalxonaga kelganida u yerda Islom Toʻlaganovning otasiga duch kelgan. Sal keyin reanimatsiya mudirasi Maxfuza Tulkunovna ayolga ertalab buvasi Jasurni koʻrishga kelganini va u bilan koʻrishib, suhbatlashganini aytadi va Islomning otasi tomon ishora qiladi.

"Shu kunning oʻzida oʻgʻlim Jasur yoniga, yaʼni reanimatsiyaga hech kimni kiritmaslikni soʻradi. Men negaligini soʻradim, u Islomning otasi kelganini aytdi. "U seni qoʻrqitdimi?" — oʻgʻlim boshini "ha" degan maʼnoda silkitdi", — deb yozadi oʻz koʻrsatmalarida ona.

Onaning koʻrsatmalariga binoan, Jasurbek kasalxonada yotgan vaqtida, ayol hammasiga oydinlik kiritish maqsadida jinoyat sodir etilgan joyga borib kelgan. Natijada, ayolning yozishicha, guvohlar oʻsha mashʼum kunda garajlar yonida oq koʻylakli oʻsmirlarni koʻrishganini tasdiqlashgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, ulardan biri qonga belangan, hammayogʻi kir ahvolda boʻlgan.

Student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii
Foto predostavleno materyu Jasurbeka Ibragimova
Student Jasurbek Ibragimov posle ocherednoy operatsii

Ayol oʻz koʻrsatmasi soʻngida adolat qaror topishiga va aybdorlarning hammasi qilmishiga yarasha jazolanishiga umid bildirgan.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular