20:06 23 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiy militsioner

Toshkentda Lasetti urib yuborgan ayol hodisa joyida vafot etdi

AP Photo / Anvar Ilyasov
Hodisalar
Havola olish
Hodisalar va YTH (15)
70701

Hodisa Oq tulpor restorani qarshisida yuz bergan

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. 2017 yil 25 sentyabr kuni ertalab "Lasetti" haydovchisi tomonidan turtib yuborilgan piyoda ayol joyida vafot etdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, hodisa Chilonzor tumanida joylashgan "Oq tulpor" restorani qarshisida roʻy bergan.

Haydovchi 25 yoshli yigit, halok boʻlgan ayol esa 36 yoshda boʻlgani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa) alomatlari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilgan.

DTP v Tashkente
GUVD Tashkenta
DTP v Tashkente

 

Mavzu:
Hodisalar va YTH (15)

Asosiy mavzular