14:29 24 Oktyabr 2017
Efir
Stolknoveniye poyezda s avtobusom na jeleznodorojnom pereyezde v Petushinskom rayone Vladimirskoy oblasti

Bir guruh Oʻzbekiston fuqarolari Vladimir yaqinida poyezd tagida qolib halok boʻldi

Press-slujba MCHS Rossii
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
992 0 0

Yarim kechasi avtobus Vladimir viloyatidagi pereyezdga kelganida yurmay qolgan, yoʻlovchilar orasida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan, 50 kishidan 34 nafari avtobusni tark etishga ulgurgan, qolganlari poyezdning avtobusga kelib toʻqnashishi oqibatida halok boʻlishgan

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida avtobus va poyezd ishtirokidagi YTHda 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qurbon boʻldi, deb xabar qildi RIA Novosti Vladimir viloyati gubernatori Rita Shlyaxovadan olingan maʼlumot asosida.

Maʼlum boʻlishicha, jumaga oʻtar kechasi Qozogʻiston raqamidagi avtobus Vladimir viloyatida temir yoʻl pereyezdida poyezd bilan toʻqnashib ketgan. 

Rossiya Tergov Qoʻmitasi Moskva shahar transport tergov boshqarmasi 17 kishi avariya qurboni boʻlgani haqida maʼlum qilgan.

"Bugun oqshom ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan Qozogʻiston davlat raqamiga ega avtobus Orexovskiydagi tirbandlikni aylanib oʻtayotgan mahal pereyezdda avtobus yurmay qolgan. Avtobusdagi odamlar uyquda boʻlishgan, ularning soni 50 nafar boʻlgan, haydovchi baqirgan, avtobusdan 34 kishi yugurib chiqishga ulgurishgan. Yugurib chiqqanlar tirik qolgan, avtobus ichida qolganlar halok boʻlishgan. Poyezdning avtobusga kelib urilishi natijasida avtobus parchalanib ketgan", — degan Shlyaxtina.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular