14:26 24 Oktyabr 2017
Efir
Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti

Vladimirdagi fojia tafsilotlari - dastlabki xulosalar

MCHS RF
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
850 0 0

Coʻnggi xabarlarga koʻra fojiada 16 kishi qurbon boʻlgan, ulardan 1 nafari yosh bola, 1 nafari qozogʻiston fuqarosi. 5 kishi ogʻir ahvolda Vladimir viloyati kasalxonalariga olib kelingan, ular orasida ikki nafar yosh bolalar har bor.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida halokatga uchragan avtobusda 55 nafar Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari boʻlgan. Ular orasida ayollar va bolalar ham boʻlgan, deb xabar qilmoqda Rossiya 24 telekanali.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirliginig soʻnggi xabariga koʻra 16 kishi qurbon boʻlgan, ulardan 1 nafari yosh bola. Haydovchilardan bir nafari ham qurbon boʻlgan. Undan tashqari yana 5 kishi ogʻir ahvolda Vladimir viloyati kasalxonalariga olib kelingan. Ular orasida ikki nafar yosh bolalar har bor.

Ayni damda Vladimir viloyatining Petushki aholi punktida fojia sodir boʻlgan temiryoʻl pereyezdida yuzlab mutaxassislar ishlamoqda. Ular orasida tez tibbiy yordam, FVV xodimlari, temiryoʻlchilar, huquqni saqlash organlari xodimlari va boshqalar bor.

Mutaxassislar dastlabki  xulosasiga koʻra, YTHning bunday fojiali yakun topishiga asosiy uchta sabab boʻlgan:

1. Avtobus haydovchisi pereyezddagi svetoforning taʼqiqlovchi qizil signaliga qaramasdan temir yoʻlni kesib oʻtishga uringan

2. Avtobus dvigateli nosoz boʻlgani tufayli, ayni temiryoʻl ustida u oʻchib qolgan

3. Avtobus haydovchisi birinchi navbatda barcha yoʻlovchilarni salondan chiqarish oʻrniga, bir guruh yoʻlovchilar yordamida avtobusni surib yoʻl chetiga chiqarmoqchi boʻlgan.

Qozogʻison davlat raqamiga ega boʻlgan eski "Mersedes" avtobusi ichida 57 kishi boʻlgan. Ulardan 2 nafari haydovchi, 55 nafari yoʻlovchilar boʻlgan.

Telekanal xabariga koʻra temir yoʻlini kesib oʻtish joyi svetofor va barcha kerakli signal beruvchi qurilmalar bilan aʼlo darajada jihozlangan va ularning barchasi ishlab turibdi.

Tungi soat 03:39da pereyezddan oʻtayotgan avtobusning ayni temir yoʻl ustida dvigateli ishlamay qoladi. Haydovchi bir guruh yoʻlovchilar bilan avtobusni surib yoʻl chetiga chiqarishmoqchi boʻladi, lekin buning iloji boʻlmaydi. Shu vaqt pereyezdga "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" tezyurar poyezdi katta tezlikda yaqinlashib kela boshlaydi. Tashqarida boʻlgan migrantlar buni koʻrib chetga qochadi. Poyezd katta tezlikda kelib urilib, avtobusni ikki qismga boʻlib yuboradi. Avtobusning orqa qismi joyida qoladi, oldini esa poyezd 200 metr nariga sudrab ketadi. Toʻqnashuv natijasida poyezd kabinasida ham yongʻin chiqadi.

Rossiya FVV xabariga koʻra, poyezd mashinisti va yoʻlovchilaridan hech kim zarar koʻrmagan

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular