14:27 24 Oktyabr 2017
Efir
Fragment passajirskogo avtobusa, stolknuvshegosya c poyezdom na jeleznodorojnom pereyezde nepodaleku ot stantsii Pokrovka vo Vladimirskoy oblasti. Maksimalno vozmojnoye kachestvo.

Vladimirda jabrlangan yoʻlovchilar Moskvaga olib kelinadi

MCHS RF
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
281 0 0

Jabrlanganlarni Moskvaga olib kelish masalasi hal qilinmoqda, voqea joyida tibbiyot va psixologlar xizmatlari ishlamoqda, tergovgacha surishtiruv olib borilmoqda

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida avtobus va poyezd toʻqnashgan joyda tergovgacha surishtiruv olib borilmoqda, shuningdek, jabrlanganlarni Moskvaga olib kelish masalasi hal qilinmoqda.

Moskva transport boʻyicha hududlararo tergov boshqarmasi yoʻlovchi poyezdi va avtobus toʻqnashuvi holati boʻyicha tergovgacha surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb xabar berdi Rossiya tergov qoʻmitasi matbuot xizmati.

Bugun Moskva vaqti bilan tungi uch yarimlarda Qozogʻiston davlat raqamiga ega avtobus va Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd toʻqnashib ketgan.

Voqea joyida Rossiya FVV yongʻin oʻchirish-qutqarish boʻlinmalari ishlamoqda, yoʻlovchilarga tibbiy va psixologik xizmat koʻrsatish tashkil etilgan. Vladimir viloyati rahbariyati tibbiy xizmatchilar bilan birgalikda halokatda jabrlanganlarni Moskvaga olib borish masalasini hal qilmoqda.

"Jabrlanganlarni olib ketish masalasi hal qilinmoqda. Bizga hozirgina Leonid Mixaylovich Roshal qoʻngʻiroq qildi. U konsultatsiyalar oʻtkazishga tayyor. Transport tibbiy xizmati shu yerda va biz shifokorlar ish olib bormoqdamiz, ishlar yakuniga yetishi bilan jabrlanganlarni olib ketish haqida qaror qabul qilamiz", — dedi viloyat sogʻliqni saqlash departamenti direktori Aleksandr Kiryuxin.

Roshal jabrlanganlarni Moskvaga olib kelishni taklif qilgan. Hozirda kasalxonada uchta katta yoshlilar va ikki nafar bola yotibdi. Bolalar uch-toʻrt yoshlarda.
Shifokorlar FVV tashkil etgan vaqtinchalik joylashtiruv markaziga joylashtirilgan yoʻlovchilarni tekshirishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan Qozogʻiston raqamiga ega Mercedes avtobusi temir yoʻlni kesib oʻtayotib yurmay qolgan. Avtobusdagi yoʻlovchilar uxlayotgan boʻlgan. Avtobusda jami boʻlib 50 kishi boʻlgan, ulardan 15 nafari oʻzbekistonlik boʻlganligi aytilmoqda. Yoʻlovchilarning 34 nafari avtobusdan tushishga ulgurgan.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular