14:28 24 Oktyabr 2017
Efir
Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti

Mirziyoyev Vladimirdagi YTH munosabati bilan maxsus komissiya tuzishni buyurdi

MCHS RF
Hodisalar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
2046 0 0

Jabrlangan hamda vafot etganlarning yaqinlariga Hukumat tomonidan barcha zarur yordamlar koʻrsatiladi

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti orqali jabrlangan va vafot etgan Oʻzbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarishni tashkil etish doirasida Hukumat komissiyasini tuzish toʻgʻrisida koʻrsatma berdi. Bu haqda Oʻzbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

6 oktyabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" yoʻnalishida harakatlanayotgan poyezd va avtobus ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi. Xabarlarga qaraganda, avtobusda 55 nafar oʻzbekistonlik mehnat migrantlari boʻlgan. Fojia oqibatida kamida 16 kishi qurbon boʻlganligi aytilmoqda.

YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Jabrlangan hamda vafot etganlarning yaqinlariga Hukumat tomonidan barcha zarur yordamlar koʻrsatiladi.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular